Juma kuni 10:10 da Toshkentda so‘nggi bir necha kunda navbatdagi zilzila sezildi.

Yer osti silkinishi kuchi poytaxtda 3,5 balni tashkil etgan bo‘lsa, Farg‘ona, Andijon va Namanganda 3 ball, Sirdaryo va Jizzaxda 2 ball bo‘lgan.
Toshkent seysmostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra zilzila o‘chog‘i Tojikiston hududida, Toshkentdan 258 km janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan.
Epitsentrda zilzila magnitudasi 6,1 ni tashkil etgan.