7−9 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yomg‘ir va jala yog‘ishi mumkin, deb xabar qildi O‘zgidromet. Mamlakatning markaziy, janubiy va sharqiy hududlarida shamolning tezligi 15−20 m/s ga qadar kuchayishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 30 darajadan ko‘tariladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 9 may kuni ayrim tumanlarda yomg‘ir va jala yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol tezligi 7−12 m/s bo‘ladi. Harorat 7 may kuni kechasi +12…+17, kunduzi — +25…+30, 8−9 may kunlari kechasi +15…+20, kunduzi — +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 7 va 9 may kunlari ayrim tumanlarda yomg‘ir, jala yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol tezligi 7−12 m/s bo‘ladi. Harorat 7 may kuni kechasi +12…+17, kunduzi — +25…+30, 8−9 may kunlari kechasi +15…+20, kunduzi — +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 7−8 may kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, jalaga aylanishi mumkin. 9 may kuni ayrim joylarda yomg‘ir, jala yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 7 may kuni 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12…+17, kunduzi 7−8 may kunlari — +25…+30, 9 may kuni — +28…+33 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 7 va 9 may kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 7 may kuni 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15…+20, kunduzi 7−8 may kunlari — +27…+32, 9 may kuni — +30…+35 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 7−8 may kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 7 may kuni 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12…+17, kunduzi 7−8 may kunlari — +23…+28, 9 may kuni — +27…+32 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 7−9 may kunlar kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, jala ehtimoli bor. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 7 may kuni 15−20 m/s gacha tezlashadi. Harorat kechasi +7…+12, kunduzi 7−8 may kunlari — +12…+17, 9 may kuni — +18…+23 daraja bo‘ladi.