O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan 2017−2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, dastur bilan tasdiqlangan investitsion loyihalari ro‘yxatida tabiiy suv havzalari va suv xo‘jaligi ob’ektlarida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda «O‘zbekenergo» kompaniyasi tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 32 ta gidroelektr stansiyasini modernizatsiya qilish va 42 ta yangisini qurish ko‘zda tutilgan.

Qarorda respublikada gidroenergetikani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.