Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubi bosh murabbiyligiga Mirjalol Qosimov tayinlandi. Trenerlik shtabida u bilan birga Aleksandr Volkov va Shuhrat Maqsudov faoliyat olib boradi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

Jamoaning Osiyo Chempionlar ligasi va mamlakat chempionati birinchi qismidagi qoniqarsiz natidalari sababli «Bunyodkor» bosh murabbiyi Sergey Lushan o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etgan edi. Uning rahbarligi ostida Toshkent klubi 122 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning 63 tasida g‘alaba qozondi, 27 tasida durang o‘ynab, 32 tasida mag‘lub bo‘ldi.

Mirjalol Qosimov klubda 2007—2008 va 2010−2014 yillarda faoliyat olib borgan. U «qaldirg‘ochlar"ni 191 uchrashuvda murabbiy sifatida boshqargan. Uning rahbarligida jamoa uch marta mamlakat chempioni bo‘ldi va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi, ikki marta Osiyo Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqdi.

«Jamoa a’zolariga «Bunyodkor"ning avvalgi mavqeini tiklash hamda Osiyo Chempionlar ligasining kelasi mavsumiga yo‘llanma olish vazifasi yuklatildi», — deyiladi klub xabarida.