1 may Xalqaro sayg‘oqlar kuni munosabati bilan Nukusda «Sayg‘oqlar himoyasiga» sport-ekologik marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston bolalari va yoshlari, ilm-fan va madaniyat vakillari ishtirok etdi.

Qatnashchilar Qoraqalpog‘iston universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litseydan amfiteatrgacha 3 km ga yaqin masofani yugurib o‘tishdi. Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad Qoraqalpog‘iston hududida antilopalarning noyob turini saqlash zarurligi haqida aholi xabardorligini oshirishdan iborat edi.

Tashkilotchilar odamlar o‘rtasida tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi buzilishlari profilaktikasining ahamiyatini qayd etishdi. Taqiqqa qaramasdan, sayg‘oqlarni noqonuniy ovlash, ular shoxi va go‘shtini sotish ishlari davom etmoqda.