O‘zbekistonda fuqarolarning tinch hayot kechirishi va ularning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bo‘lgan ishonchining ortishi ushbu organlar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlarning samarali tashkil etilganlik darajasiga bog‘liq hisoblanadi.

Bugungi kunda huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash va jamiyatning har bir a’zosi xafsiziligini ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlarining manfaatdor vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorligi asosida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitini tizimli ravishda o‘rganish maqsadida «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» doirasida tashkil etib kelinayotgan tadbirlarda pasport tizimi qoidalarii buzish, noqonuniy o‘q otar qurolar va norkotik vositalarni saqlash holatlari aniqlanmoqda.

Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi osh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning ohirgi uch oyi davomida 100 mingdan ortiq shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 300 dan ortiq qidiruvdagi jinoyatchilar qo‘lga olindi. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbiri sifatida 160 mingdan ortiq profilaktika suhbatlar o‘tkazildi.

Asosiy e’tibor, voyaga yetmaganlar va yoshlar tariyasiga qaratilib, o‘quvchi va talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ta’lim muassasalaridagi davomatini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida mart oyida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning darajasi 2 foizga, yoshlar o‘rtasida 2,4 foizga, shu jumladan kollej va litsey o‘quvchilari o‘rtasida 10,9 foizga, oliy ta’lim muassasalarida 39,5 foizga kamaydi.

Huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish, huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, mazkur jarayonlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda hamiyatning har bir a’zosi davlat kelajagiga befarq bo‘lmasligi lozim.

Shularni inobatga olgan holda Ichki ishlar vazirligi barcha davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarini, shuningdek, fuqarolarni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» samarali o‘tkazilishi hamda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol hamkorlikka chorladi.