Hozirda Islom Karimov muzeyi tashkil etilayotgan sobiq Oqsaroy qarorgohi hududida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti haykalini o‘rnatish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqda «Jahon» AA xabar qildi.

Avvalroq haykal loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tanlov e’lon qilingan edi. Unda haykaltarosh Ilhom Jabborov g‘olib bo‘ldi. Tanlovda O‘zbekiston, Ukraina, Koreya Respublikasi, Turkmaniston, Italiya, Avstraliya va Germaniyadan 58 nafar haykaltarosh ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi Prezident haykallari Islom Karimov tug‘ilib-o‘sgan Samarqand hamda 1986 yildan 1989 yilgacha Qashqadaryo viloyati rahbari bo‘lib ishlagan Qarshi shaharlarida ham bunyod etiladi.

Avvalroq «O‘zbekiston» telekanali orqali namoyish etilgan Oqsaroy qarorgohi qarshisidagi maydonni rekonstruksiya qilish loyihasi.