13−14 may kunlari Surxondaryo viloyatida «Boysun bahori» Xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

2001 yilda Boysun tumani YUNESKO tomonidan «Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari» ro‘yxatiga kiritilgan edi. 2002 yil may oyida esa bu yerda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan xalq ijrochilari ishtirokida «Boysun bahori» ilk ochiq folklor festivali bo‘lib o‘tdi.

Qayta tashkil etilayotgan mazkur festival boshqa bir qator festivallar, jumladan Samarqanddagi «Sharq taronalari», Buxorodagi «Ipak va ziravorlar», Marg‘ilondagi «Atlas bayrami», Xorazmdagi «Raqs sehri» va turizm ko‘rgazmalari kabi ulkan madaniy tadbirlar ro‘yxatiga kiritiladi.