Chorshanba kuni 9:48 da O‘zbekiston poytaxti va boshqa hududlarida epitsentri Tojikistonda joylashgan zilzila kuchi qayd etildi.

«Toshkent» seysmostansiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtda yer osti silkinishi kuchi 3,5−4 balni tashkil etdi. Boshqa shaharlardagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.

Epitsentrda zilzila magnitudasi 6 ni tashkil etdi.