1941−1945 yillardagi urush qatnashchilari yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni (9 may) munosabati bilan qutlovlarni qabul qilmoqdalar. Ular pul va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi, o‘z uylariga ega bo‘lmagan urush faxriylari esa uy va kvartira kalitlariga ega bo‘ldi.

92 yoshli Qoraqalpog‘istonda yashovchi Qodirboy Narmonovga «Onasoy» nomli Nukus mahallasida qurilgan tomorqali yangi uy kaliti topshirildi, xabar qildi O‘zA. 1944 yilda og‘ir jarohatdan keyin urush faxriysi frontdan Amudaryo tumanidagi o‘z qishlog‘iga qaytib keldi. O‘rozgul ismli turmush o‘rtog‘i bilan bir o‘g‘il va to‘rt qizni voyaga yetkazdi. Hozirda ularning 20 dan ortiq nevara va 15 nafar chevarasi bor.

Urush qatnashchisi Boltaboy Saparovga «Juvozchi» shahar mahallasida qurilgan uy berildi. Urush faxriylari tashkilotchi-homiylar tomonidan mebel garnituralari va maishiy texnikalari bilan taqdirlandi.

Namangan viloyatida fashizm ustidan g‘alabaning 72 yilligi oldidan 3 nafar urush qatnashchisi — namanganlik Nizomxon Sattorov, Tursunboy Tojimirzayev va Uychi tumanida yashovchi Jakbarali Yusupovga ko‘p qavatli uylardan kvartira taqdim etildi. Urush faxriylarining yangi uylari maishiy texnika va mebel bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, Ikki jahon urushining yolg‘iz va kam ta’minlangan qatnashchilari uchun turar joy va uy xo‘jaliklarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ulardan o‘z turar joyiga ega bo‘lmaganlariga tegishlicha turar-joy maydoni ajratilmoqda.