Andijon shahar jamoat transport tizimida naqd pulsiz to‘lov joriy etilishi boshlandi. Elektron kartalar orqali to‘lov 14 yo‘nalishdagi 150 ta avtobusda qabul qilinmoqda.

Bu tizim dastlab O‘zbekistonda ishga tushdi, deya qayd etdi O‘zbek avtomobil va daryo transporti agentligi bo‘lim boshlig‘i Abdurashid To‘laganov.
Uning aytishicha, karta orqali amalga oshirilgan har bir to‘lov bevosita tashuvchi-tashkilot hisobiga borib tushadi.

Kartochkaning o‘zi 15 ming so‘m turadi, uni avtobekatlardan yoki banklardan sotib olish yoxud balansini to‘ldirish mumkin. Kartaning O‘zbekiston hududida amal qilish muddati ikki yil bo‘lib, undan butun oila a’zolari foydalanishi mumkin. Keyinchalik balansni to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn-karta orqali to‘ldirish joriy etiladi.To‘lov amalga oshishi uchun nazoratchi kartani validatorga tekkizishi kerak. To‘lov amalga oshirilganini tasdiqlash maqsadida sana, vaqt, yo‘nalish nomi, avtobus va karta raqami hamda qolgan mablag‘ haqida hisobotlar qayd etilgan chipta (chek) beriladi. Busiz yo‘l haqi to‘lanmagan hisoblanadi.

Elektron to‘lov tizimidan tashqari Andijondagi avtobuslar GPS-modullar bilan jihozlandi. Ular yordamida yopiq turdagi bekatlarga o‘rnatilgan monitorlar ayni vaqtda avtobus qayerda va qancha vaqtda yetib kelishini bilish mumkin.