2017 yilning birinchi choragida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 68,8 mingta ish ko‘rilib, ularning 89,2 foizi bo‘yicha hal qiluv qarorlari chiqarildi. Mazkur qarorlar bo‘yicha talablarining 87,8 foizi qanoatlantirildi. O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 20856 nafar shaxsga nisbatan 15792 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan, shulardan 50 ta ish bo‘yicha 64 nafar shaxs oqlangan. Yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 3 778 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan yetkazilgan 89 mlrd so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan 1 815 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Bundan tashqari, hisobot davri mobaynida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 118582 nafar shaxsga nisbatan 99890 ta ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida 5 594 ta shikoyat ko‘rib chiqilib, ularni o‘rganish natijasida 302 ta sud qarori o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan