O‘zbekiston terma jamoasi maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida besh medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqa 21−30 aprel kunlari Yassi (Ruminiya) shahrida bo‘lib o‘tdi.

Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 7, 9, 11, 13, 15 va 17 yoshgacha yosh guruhlarida qo‘lga kiritildi.

To‘qqiz tur yakunlariga ko‘ra Xumoyun Begmurodov (7 yosh), Nodirbek Yakubboyev (15 yoshgacha) va Afro‘za Hamdamova (9 yoshgacha) standart shaxmat bo‘yicha oltin medallarga sazovor bo‘ldi. Blits bo‘yicha Afro‘za Hamdamova «oltin», Alixon Avazxonov (9 yoshgacha) «kumush» sohiblariga aylandi.

O‘zbekiston umumiy hisobla ikkinchi o‘rinni egalladi. Mo‘g‘iliston eng yaxshi natija qayd etgan bo‘lsa, Turkiya uchinchi o‘rinni band etdi.