O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov (10−6−0)aralash yakkakurashlar bo‘yicha Simply The Best 14 seriyasi musobaqasi doirasida nokautli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuv 29 aprel kuni Pragada (Chexiya) bo‘lib o‘tdi.

84 kg gacha vazn toifasida Mahmud Murodovga gruziyalik sportchi Shota Gvasaliya (9−4−0) raqib bo‘ldi. Uchinchi raundda O‘zbekiston vakili qarshi zarba bilan raqibini ringga qulatib, ketma-ket zarbalar berishni boshlaganidan so‘ng hakam jangni to‘xtatishga qaror qildi.

Video