Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari aprel oyida bir oy avvalgiga nisbatan 3 foizga arzonlab, kvadrat metri uchun 569 sh. b. ni tashkil etdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Aprel oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi 4 foizga (611 dan 585 ga) arzonlashgan bo‘lsa, panel turdagilari 3 foizga (535 dan 520 ga) arzonlashdi. Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 535 sh. b. (-1%), ikki xonali — 524 (-4%), uch xonali — 558 (-3%), to‘rt xonali — 576 (-3%).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.