O‘zbekiston Prezidentining 28 apreldagi qarori bilan Yesemurat Kanyazov adliya vaziri o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz"ga OTMdan xabar qilindi.

Avval xabar qilganimizdek, davlat rahbarining «Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan Adliya vazirligi tuzilmasida adliya vaziri o‘rinbosari — TDYUU rektori lavozimi joriy etilgan edi.

Yesemurat Kanyazov (1971 yilda tug‘ilgan, Moskva davlat avtomobil-yo‘l instituti (1993) va Qoraqalpog‘iston davlat universiteti (1999) bitiruvchisi) — 2013 yildan buyon TDYUU rektori hisoblanadi. Avval u adliya vazirining birinchi o‘rinbosari (2011—2013 yillarda) va vazir o‘rinbosari (2005−2011) lavozimlarida faoliyat olib borgan. Adliya vazirligi tizimida 1996 yildan buyon mehnat qiladi.