O‘zbekiston hukumatining 25 apreldagi qarori (PDF) bilan 2017−2021 yillarda yo‘lovchi avtostansiyalari va avtovokzallarini qurish va rekonstruksiya qilish me’yorlari tasdiqlandi.

Ko‘rsatilgan muddat davomida 37 ta avtostansiya qurilsa, yana shuncha mavjudlari rekonstruksiya qilinadi (jami 74 ob’ekt, shu jumladan Jizzaxdagi avtovokzal). Bu yo‘lovchilar tashish xavfsizligi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek harakat muntazamligini ta’minlash imkonini beradi.

Avtostansiyalar modernizatsiyasiga jami 23,429 mlrd so‘m, shu jumladan 9,915 mlrd so‘m hududlar mahalliy byudjeti va 8,359 mlrd so‘m bank kreditlari yo‘naltiriladi.

Qoraqalpog‘istonda 3 ta avtostansiya rekonstruksiya qilinadi, Andijon viloyatida — 4 ta rekonstruksiya va 1 ta qurish, Buxoro viloyatida — 7 ta rekonstruksiya, Jizzaxda — 1 ta avtovokzal va 2 ta avtostansiya rekonstruksiya qilinib, 1 ta avtostansiya qurish, Qashqadaryoda — 3 ta rekonstruksiya va 3 qurilish, Navoiyda — 1 rekonstuksiya, 3 ta qurilish, Namanganda — 2 ta rekonstruksiya va 6 ta qurilish, Samarqandda — 7 ta qurilish, Sirdaryoda — 1 ta rekonstruksiya va 1 ta qurilish, Surxondaryoda — 2 ta rekonstruksiya va 3 ta qurilish, Toshkentda — 7 ta rekonstruksiya va 2 ta qurilish, Farg‘onada — 6 ta qurilish va Xorazmda — 4 ta avtostansiya qurilishi rejalashtirilgan.

Qarorda yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan birgalikda O‘zbekistonda yo‘lovchi mikroavtobuslarini ishlab chiqishni tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishni jadallashtirish ham ko‘zda tutilgan.