O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni dam olish kunini 6 maydan 8 mayga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

“9-may — Xotira va qadrlash kunining xalqimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-ma'naviy o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 2017-yil 6-may shanba dam olish kuni 2017-yil 8-may dushanba kuniga ko‘chirilsin va ish kuni deb hisoblansin; 2017-yil 8-may dushanba kuni dam olish kuni deb e’lon qilinsin”, — deyiladi hujjatda.