Xotira va qadrlash kuni (9 may) arafasida urush yillarida 15 bolani asrab olgan toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov oilasi yodgorligi poytaxt markaziy qismiga qaytarildi.

1 may kuni yodgorlik shahar tashqarisidagi o‘rnidan Do‘stlik bog‘iga (sobiq Bobur bog‘i) ko‘chirildi. Hozirda Tinchlik qo‘ng‘irog‘i yaqinida haykaltaroshlik kompozitsiyasi uchun postament tayyorlanmoqda.
Yodgorlik 1982 yilda Xalqlar do‘stligi maydoniga o‘rnatilgan edi. 2008 yilda monument shaharning chetki qismiga ko‘chirib o‘tqazildi.

Madaniyat vazirligi Madaniy yodgorlik ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh boshqarmasining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, Prezident virtual qabulxonasi ishga tushgan vaqtdan buyon fuqarolardan yodgorlikni shahar markaziga qaytarish bo‘yicha ko‘p sonli iltimoslar kelib tushgan.