1 may kuni O‘zbekistonda favvoralar kuni nishonlanadi. Toshkentning 14 maskanida ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi, deb xabar qildi poytaxt hokimiyati «Gazeta.uz"ga. Marosimlarda kino va teatr aktyorlari, estrada ijrochilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Kitob yarmarkalari, bolalar uchun turli namoyishlar tashkil etiladi.

Toshkentda favvoralar kuni o‘tkaziladigan maskanlar

  1. Ma’rifat markazi va Simpoziumlar saroyi (Milliy kutubxona);
  2. Sayilgoh maydoni;
  3. «Bolajon» istirohat bog‘i (Toshkent kurantlari);
  4. «Interneshnl Toshkent» mehmonxonasi;
  5. Xadra maydoni va Sirk binosi;
  6. Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘i;
  7. Pushkin xiyoboni (Bobur ko‘chasi);
  8. «Istiqlol» san’at saroyi qarshisidagi maydon;
  9. Alisher Navoiy nomidagi DAKT qarshisidagi maydon;
  10. Mustaqillik maydoni;
  11. «Lokomotiv» istirohat bog‘i;
  12. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
  13. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti;
  14. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.