O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni O‘zgan viloyati O‘sh tumanida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayevga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

«Mening chuqur ta’ziyamni qabul qilishingizni va butun Qirg‘iziston xalqiga, jumladan, halok bo‘lganlar va jabr ko‘rganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman», — deyiladi maktubda.

Qirg‘iziston FVV bergan axborot bo‘yicha, shanba kuni ertalab Zargar okrugidagi Ayuu qishlog‘ida sodir bo‘lgan tuproq ko‘chkisi taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra ichida 24 kishi bo‘lgan 7 ta uyni bosib qolgan. Ulardan biri bo‘sh bo‘lgan.

Xavfli uchastkada yashayotgan 40 oila evakuatsiya qilindi. Ular uchun 30 ta besh o‘rinli chodir qurildi.

Tabiiy ofat sodir bo‘lgan joyga Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov yetib kelgan.

Qirg‘iziston Prezidenti 30 aprelni mamlakat bo‘ylab motam kuni deb e’lon qildi.