Kubada An-26 harbiy samolyoti halokatga uchrashi oqibatida sakkiz kishi vafot etdi. Bu haqda The Guardian gazetasi Kuba Inqilobiy qurolli kuchlar vazirligiga tayanib xabar qildi.

Vazirlikning yozma bayonotida keltirilishicha, Sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqarilgan ikki motorli turbovintli An-26 samolyoti Gavanadan tashqaridagi Playya-Barakoa aeroportidan 29 aprel kuni 6:38 da havoga ko‘tarilib, Kandelariya shahridan (Ispaniya munitsipalitet) 40 mil uzoqlikda toqqa borib urilgan.

«Bortdagi sakkiz harbiy, jumladan ekipaj halok bo‘ldi», — deyiladi bayonotda. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum emas.