O‘zbekistonlik terma jamoasi Ashxobodda (Turkmaniston) og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chemponati va qisqa masofaga suzish bo‘yicha xalqaro musobaqada 23 medalni qo‘lga kiritdi.

Adhamjon Ergashev (o‘ngda).

23−29 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha OCHda siltab va dast ko‘tarishda umumiy natijalar bo‘yicha barcha vazn toifalarida 144 medllar jamlanmasi o‘ynaldi. Musobaqada 30 mamlakatdan 200 dan ziyod sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekiston og‘ir atletlar uchta oltin, to‘rtta kumush va beshta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

94 kg gacha vazn toifasida Farhodbek Sobirov ikkita oltin va bitta kumush medal sohibi bo‘ldi. U ikki kurashda 380 kg («oltin»), siltab dast ko‘tarishda 175 kg («oltin») va siltab ko‘tarishda 205 kg («kumush») natija qayd etdi.

Rustam Jangabayev va Adhamjon Ergashev

Foto: instagram.com/adhamjonergashev.

105 kg dan ortiq vaznda Rustam Jangabayev 196 kg va 241 kg natija bilan dast va siltab ko‘tarishda kumush medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, umumiy natijalar bo‘yicha jami 437 kg ko‘tarb oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Adham Ergashev (62 kg gacha) 158 kg bilan uchinchi bo‘ldi. Doston Yoqubov (69 kg gacha) 177 kg natija qayd etgan holda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Inan Yefremov 105 kg gacha vazn toifasida dast ko‘tarishda 175 kg natija bilan kumush medal sohibiga aylandi.

Dolera Davronova 90 kg gacha vazn toifasida ikkita «bronza"ni qo‘lga kiritdi: birinchisi siltab ko‘tarishda 115 kg lik natija uchun, ikkinchisi umumiy 204 kg lik natija uchun.

Omadoy Otaqo‘ziyeva (75 kg gacha) 120 kg natija bilan siltab ko‘tarishda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

26−27 aprel kunlari individual razryad va estafetada qisqa masofaga suzish bo‘yicha xalqaro musobaqa ham bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Erondan 60 nafar sportchi qatnashdi.

Suzish bo‘yicha O‘zbekiston termasi uchta oltin, to‘rtta kumush va to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Natalya Kritinina individual musobaqada ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi. Fristayl usulida 50 va 100 metr masofaga suzishda 26.97 va 58.66 natija qayd etdi.

Brass usulida 100 metrga suzishda Go‘zal Sobirova 1:16.71 natija bilan ikkinchi bo‘ldi. Go‘zal Sobirova brass usulida 50 metrga suzishda ham kumush medal bilan qanoatlandi (36.11 soniya).

Zufarbek Abdulazizov (o‘ngda).

Zufarbek Abdulazizov brass usulida 50 va 100 metrga suzishda 29.52 va 1:05.47 natijalar bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Gulamdon Islomova fristayl usulida 50 metrga suzishda bronza (28.74), chalqancha suzishda shu masofada oltin (31.58) medalga sazovor bo‘ldi. 100 metrga chalqancha suzishda Islomova «kumush» sohibasi bo‘ldi (1:14.63).

Gulamdon Islomova, Go‘zal Sobirova, Muslima Sultonova, Natalya Kritinina aralash usulda o‘tkazilgan estafeta bahslarida 4×50 (2:09.31) va 4×100 (4:50.57) natija bilan ikkita oltin medalga sazovor bo‘ldi.