Shanba kuni tongda Toshkent va O‘zbekistonning barcha viloyatlari ma’muriy markazlarida «Salomatlik sari» respublika marafoni bo‘lib o‘tdi. Marafon Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tomonidan tashkil etildi.

Poytaxtda 4000 dan ziyod kishi markaziy ko‘chalar bo‘ylab 2,8 kilometrlik masofani bosib o‘tdi. Alisher Navoiy nomidagi DAKT qarshisidagi maydonda esa qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto