Kanalli konditsionerlar — katta maydonlarni sovutish yoki isitishga mo‘ljallangan yopiq konditsioner tizimi. Bir necha yil avval bunday tizimni o‘rnatish uchun katta xarajat va sa’y-harakat kerak bo‘lar edi. Sababi kanalli konditsionerlarni faqatgina xorijda xarid qilish mumkin edi.

2015 yilda Artel zavodlarining ishlab chiqarish bazasida mintaqa iqlim sharoitlari va kanalli konditsionerlar tizimiga ortib borayotgan talabi tufayli, O‘zbekistonda ilk bor Shivaki savdo markasi ostida kanalli konditsionerlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2016 yilning sentabr oyida Toshkentda Shivaki kanalli konditsionerlarning birinchi shou-rumi ochildi.

Shou-rumning ochilishi iste’molchilar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi, sababi endilikda poytaxt aholisi va biznes vakillari Shivaki yarim sanoat, sanoat va maishiy konditsionerlarining to‘liq assortimenti bilan tanishish va barcha savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldi.

Ishlab chiqarish va maxsus do‘konning ishlash tartibi shunday yo‘lga qo‘yilganki, u yerda tayyor konditsionerlar tizimini xarid kilish mumkin. Buning uchun shou-rumga kelish va buyurtma berish kifoya. Firma do‘konining maxsus mutaxassislari talab va istaklardan kelib chiqqan holda kanalli konditsionerlarning to‘g‘ri turini tanlashda yordam beradi, hamda tayyor qurilmani montaj ishlarini amalga oshirib berdi. Shu tariqa, Shivaki konditsioner tizimini tanlab, qulay, sifatli va ishonchlili maxsulotga yega bo‘lim mumkin.

Bugungi kunda Shivaki iqlim qurilmalari assortimentida maishiy, yarim sanoat va sanoat konditsionerlarining quyidagi turlari taqdim etilgan:

Kanalli split tizimlar — umumiy maydoni 200 kv. m bo‘lgan bir necha xonani sovutish imkoniga ega. Tizimlar sovutish va isitishdan tashqari havoni tozalaydi, namlaydi va 20 foizga kislorod bilan to‘yintiradi. Bunday konditsionerlar kichik ofislar, marosim zallari, kichik ishlab chiqarish maydonchalari, kottejlar yoki ko‘p xonali xonadonni sovutishga juda mos tushadi.

Multizonali split tizimlar — bitta tashqi blokka ega bo‘lgan, unga esa turli ko‘rinishdagi va quvvatdagi beshta ichki blokni ulash imkoniyati bo‘lgan tizim. Multizonali split tizimlar faqatgina bir rejimda ishlaydi (isitish yoki sovutish). Bunday turdagi konditsionerlar ixchamlik va o‘rnatish qulayligi, shuningdek, energiyani yuqori tejash va uzoq muddat foydalanish bilan ajralib turadi.

Konditsionerning VRV/VRF tizimlari — katta ofislarni sovutishda ishlatiladi. Bitta tashqi blokka bir necha o‘nlab turlicha ichki bloklar ulanishi mumkin. Bunday tizim afzalligi energiya tejashning yuqori koeffitsiyentini, shuningdek, ko‘rsatilgan harorat rejimini aniq ushlab turish imkonini beradi.

Chillerlar va fankoyllar. Chiller — suyuqlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovutish qurilmasi bo‘lib, keyinchalik unda sovutilgan suyuqlik sovutishning lokal tugunlari (fankoyllar)ga yuboriladi. Konditsionerning bunday tizimida xladagent sifatida suvdan foydalaniladi. Katta maydonga ega ko‘plab xonalarni konditsionerlash uchun qo‘llaniladi.

Bugungi kunda Shivaki kanalli konditsionerlar tizimiga MEDIAPARK maishiy texnika va elektronika do‘konlar tarmog‘i, Art Gallery galereyasi, Macro supermarketlar tarmog‘i, Salom supermarketi va davlat muassasilari ishonch bildirdi.

Qanday turdagi konditsioner tizimini tanlashdan qat’iy nazar, Shivaki kanalli konditsionerlari ofis, do‘kon, restoran yoki ma’muriy binoda ajoyib mikroiqlim yaratib beradi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halka yo‘li ko‘chasi, 2.
Telefon: (+99871) 202−22−20.

Reklama huquqi asosida. Maxsulotlar sertifikatlangan.