O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi shanba kuni ertalab poytaxtda va mamlakatning barcha viloyatlari markazida «Salomatlik sari» respublika marafonini o‘tkazadi. Aksiya bir vaqtda 8:00 da boshlanadi.

Federatsiya matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, Toshkentda yugurish musobaqasi Oybek va Nukus ko‘chalari chorrahasida (mo‘ljal: Shox med center shifoxonasi va KDB Bank Uzbekistan) boshlanadi.

Marafon yo‘nalishi uzunligi 2,8 km bo‘lib, Afrosiyob, Sharof Rashidov va Islom Karimov ko‘chalari bo‘ylab Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatriga qadar davom etadi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi teatr qarshisidagi maydonda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rsatib o‘tilgan ko‘chalarda harakat 7:30 dan yopiladi, deb qayd etdi Kasaba uyushmalari federatsiyasi.yo‘llar ishtirokchilar yugurib o‘tgan qismlar bo‘yicha ochilib boradi.

Marafonda barcha xohlaganlar ishtirok etishi mumkin.