Uzbek Tigers yarim professional boks jamoasi Jahon boks seriyasi (WSB) chorak finalida o‘tgan mavsum finalchisi — Kubaning Cuba Domadores bilan uchrashuv o‘tkazadi. Birinchi beshta uchrashuv 13 may kuni O‘zbekistonda o‘tkazilsa, javob bellashuvlari 19 may kuni Kubada bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilindi tashkilot rasmiy saytida.

Chorak final bosqichiga qadar sakkiz jamoa saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib keldi.Ular Cuba Domadores (Kuba, guruhda 1-o‘rin), Colombia Heroicos (Kolumbiya, 2-), British Lionhearts (Buyuk Britaniya, 1-), Italia Thunder (Italiya, 2-), France Fighting Roosters (Fransiya, 3-), Astana Arlans (Qozog‘iston, 1-), Patriot Boxing Team (Rossiya, 2-) va Uzbek Tigers (O‘zbekiston, 3-).

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan қуръаташлаш marosimi natijalari:

  • Uzbek Tigers vs Cuba Domadores — 13 va 19 may;
  • France Fighting Roosters vs British Lionhearts — 11 va 20 may;
  • Italia Thunder vs Colombia Heroicos — 13 va 19 may;
  • Patriot Boxing Team vs Astana Arlans — 11 va 20 may.
  • Musobaqa yarim finali 2−10 iyun kunlari, final esa 23 va 30 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.