27 aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shveysariya Konfederatsiyasining o‘z diplomatik missyasini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elchisi Shtefan Klo‘tzlini qabul qildi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, suhbat davomida elchining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda olib borgan mamlakatimizdagi faoliyati yakunlari sarhisob qilindi.

Vazir Shveysariya Elchisiga ikki tomon hamkorligini kengaytirishga qo‘shqan shaxsiy hissasi uchun tashakkur izhor etdi.

O‘z navbatida Shtefan Klo‘tzli O‘zbekistonda o‘z diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.