Registratorlar uchun Domen zonasi ma’muriyati tomonidan UZ domenlarini yillik ro‘yxatga olish narxi o‘zgarishsiz qoladi. UZINFOCOM markazining registratorlar bilan 21 aprelda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida shunday qaror qabul qilindi. Ro‘yxatga olish narxlari 1 may kunidan oshirilishi ma’lum qilingan edi.

«Registratsiya narxlarining qimmatlashuvi internet milliy segmentida domenlar sonining ortishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli registratorlar uchun narxlarni avvalgi darajada (16 ming so‘m — tah.) qoldirishga qaror qilindi», — deya xabar qildi UZINFOCOM Markazi «Gazeta.uz"ga.

Domenlarni ro‘yxatga olish va muddatini uzaytirish xizmati narxlari 2010 yildan buyon o‘zgargani yo‘q.

Ayni vaqtda UZ zonasida 32,3 mingda domen ro‘yxatga olingan. Rasmiy registratorlarсони 27 tani tashkil etda. Bundan tashqari, O‘zbekiston viloyatlari ma’muriyatlari qoshidagi 9ta kompyuterlashtirish markazi ham domenlarni ro‘yxatga olish xizmatini ko‘rsatadi.

UZINFOCOM Internet nomlari va manzillarini bo‘yicha xalqaro tashkilot (ICANN) bilan 2003 yil martda tuzilgan shartnomaga ko‘ra UZ domen zonasi ma’muriyati hisoblanadi.