«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi avtokorxonalarining O‘zbekiston poytaxtida jamoat transportni boshqaruvchi haydovchilari 15 martdan 14 aprelgacha 191 marta svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida o‘tib ketgan.

Kompaniya saytida xabar qilinishicha, ushbu qoidabuzarliklar faqatgina kameralar ishlayotgan chorrahalarda sodir etilgan. Tezlikning oshirilishi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar qayd etilmagan.

Ta’kidlash joizki, vaqt o‘tishi bilan qoidabuzarliklar soni kamayib bormoqda. Toshkentda qoidabuzarliklarni avtomatlashgan qayd etish tizimi ishga tushgan dastlabki haftada o‘rtacha 56 marta qoidabuzarlik sodir etilgan bo‘lsa, to‘rtinchi haftasida bu raqam o‘rtacha 22 taga kamaygan.

Eng ko‘p №№8, 12 va 18 avtobus parklarining mos ravishda 39, 32 va 33-avtobus yo‘nalishlari haydovchilari qoidabuzarlik sodir etgan.