«Paxtakor» futbol klubi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi, deb xabar qildi klub matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Klub prezidenti, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov qaroriga ko‘ra O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi vitse-prezidenti Bobur Shodiyev vitse-prezident etib tayinlandi.

Klub bosh direktori lavozimiga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Umid Ahmatjonov tayinlandi. Muqaddam mazkur lavozimda Rustam Ko‘paysinov faoliyat olib borgan.