Abduqahhor To‘xtayev Toshkentning Olmazor tumaniga hokim etib tayinlandi. Avvalgi hokim Bahodir G‘oyibnazarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 aprel kuni tumanga ташрифбуюрганидан so‘ng vazifasidan chetlatilgan edi.

Abduqahhor To‘xtayev (1956 yilda tug‘ilgan) mazkur tayinlovga qadar Jizzax shahar hokimi, 2005—2011 yillarda Toshkent hokimi edi.

1996—1999 yillarda poytaxtning Shayxontohur tumanini boshqardi, 1999—2001 yillarda — Toshkent hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari, 2001—2005 yillarda — hokimning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2013—2016 yillarda «O‘zLITIneftgaz» kompaniyasi rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.