26 aprel kuni O‘zbekistonda havo haroratining +30…+32 darajagacha ko‘tarilishi hamda 27−30 aprel kunlari jala yog‘ib o‘tishi munosabati bilan ko‘plab tog‘ daryolarida suv sathining ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

27 aprel — 1 may kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. Qirg‘oqlarning o‘pirilishi hamda daryo o‘zanlariga tutash uchastka va hududlarni suv bosishi mumkin. 28 aprelga qadar 2200 metrdan baland hududlarda tuproq ko‘chishi ham mumkin.

27 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida bir oz yomg‘ir yog‘ishi, kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq ehtimoli bor. G‘arbiy shamol 5−10 m/s tezlikda esib, 12−17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi — +15…+17, kunduzi — +20…+22 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq ehtimoli bor. G‘arbiy shamol 5−10 m/s tezlikda esib, 12−17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi — +12…+17, kunduzi — +18…+23 daraja bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Sharqiy shamol g‘arbiyga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esib, 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi — +12…+17, kunduzi — +20…+25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq ehtimoli bor. G‘arbiy shamol 5−10 m/s tezlikda esib, 12−17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi — +12…+17, kunduzi — +18…+23 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq ehtimoli bor. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esib, 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi — +12…+17, kunduzi — +15…+20 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi — +6…+11, kunduzi — +13…+18 daraja bo‘ladi.

Mamlakatning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi — +7…+12, kunduzi — +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi.