«Lokomotiv» futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi beshinchi turi doirasida Saudiyaning «Al-Taavun» jamoasi bilan durang o‘ynadi. 25 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yin 4:4 hisobi bilan yakunlandi.

Hisobni birinchi bo‘lib mehmonlar ochdi. 18-daqiqada yarim himoyachi Abdulmadjid al-Suat maydon markazida jarima maydonchasiga qadar mohirona to‘p o‘ynatib kelib, «Lokomotiv» darvozasiga ayniq zarba berdi. Oradan uch daqiqa o‘tib Marat Bikmayev hisobni tenglashtirdi. Marat Bikmayev penaltidan yana bir gol kiritib, ikkinchi taym avvalida xet-trik qayd etdi.

Biroq Saudiya klubi o‘yinchilari vaziyatni tezda qo‘lga olib, Jihod al-Husayn (65) va Alassan N‘Diaye (69) tomonidan urilgan gollar evaziga hisob tenglashdi. 81-daqiqada Jaloliddin Masharipov reyd uyushtirib, hujumni o‘zi yakunladi va hisob 4:3. Ammo o‘yin yakunida Rikardo Machado standart vaziyatdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi — 4:4.

Mazkur natijadan keyin «Lokomotiv» 5 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinda qoldi. «At-Ta’vun"da ham 5 ochko, ammo o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra saudiyaliklar jamoasi 3-pog‘onada joylashdi. Guruhda Eronning «Esteglal» (8) va BAAning «Al-Ahli» (8) jamoalar peshqadamlik qilmoqda.

Video

Statistika


Tarkiblar