Andijon viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari agro iqtisodiyot kolleji talabasini Oltinko‘l tumanidagi Qoradaryodan qutqardi.

O‘zbekiston FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, 19 yoshli Orifjon Ikromov daryoda cho‘milayotgan vaqtda kuchli oqimga duch kelib qolgan. O‘smir daryo o‘rtasidagi orolchaga yetib bora olgan.

Hodisa joyiga FVB otryadi tezkorlik bilan yetib borib, holsizlanib qolgan o‘smirni qutqargan va birinchi yordamni ko‘rsatgan.