27 iyul kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi tarixda ilk bor Boeing 787 Dreamliner laynerida Toshkentdan Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘nishsiz parvozni amalga oshiradi, deb xabar qildi MAK matbuot xizmati.

18 mayda esa «Orzudagi layner"ning Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysini amalga oshirish rejalashtirilgan. «Orzudagi layner"da Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz vaqti 12 soatni tashkil etib, Toshkentga 11 soat parvoz qilinadi. Bunda Milliy aviakompaniya AQSHga Riga orqali bir haftada bir marta bo‘ladigan reysni saqlab qoladi.

Xabarda qayd etilishicha, Boeing 787 Dreamliner samolyotining Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida foydalanishga topshirilishi yo‘lovchilarga Rigaga qadar 20−30 daqiqa, Nyu-Yorkka esa bir soat ertaroq borish imkonini beradi.

Aviachiptalarga Milliy aviakompaniya rasmiy sayti orqali buyurtma berish va sotib olish mumkin.