Bankekspo 2017 bank xizmatlari, texnologiyalari va uskunalarining 10-yubiley milliy koʻrgazmasi ikki kunga respublikaning barcha tijorat banklarini mahsulot va xizmatlar ekspozitsiyasiga toʻpladi.

Orient Finans banki koʻrgazmada bir qator yangi interaktiv ishlanmalarni taqdim etdi:

  • “Orient Finans Mobile” jismoniy shaxslar uchun mobil ilovasi;

  • “OFB Mobile Business” korporativ mijozlar uchun mobil ilovasi;

  • valyutali plastik kartalar uchun veb-ilova;

  • Telegram messenjeridagi bot;

  • seyf yacheykalarini online rejimida band qilish.

Koʻrgazmaga tashrif buyurganlar bankning barcha yangi ishlanmalari ishini bank stendida joylashtirilgan sensorli displeylarda sinab qoʻrish imkoniga ega boʻldilar. Yangi interaktiv xizmatlarni ishlab chiqishda qatnashgan bank xodimlari mehmonlarga maslahatlar berdilar, ularga oʻz koʻzlari bilan yangiliklarning qulaylik, tezkorlik va axborotlilik darajasidan amin boʻlishlariga yordam berdilar. Ko’rgazma ishtirokchilarining alohida diqqatini jismoniy shaxslar uchun yaratilgan mobil ilova jalb qildi.

Orient Finans Mobile — jismoniy shaxslar uchun universal mobil ilova

Orient Finans Mobile ilovasi bankda ochilgan barcha hisobvaraqlar boshqarishning yagona markazi sifatida jismoniy shaxslar uchun yaratilgan.

Endilikda mijoz Orient Finans Mobile ilovasini yuklab olib, oʻzining milliy va xorijiy valyutadagi barcha mablagʻlaridan foydalanish imkoniga ega bo’ladi.

Ilovaning joriy versiyasida soʻm va valyutadagi kartalar va depozit hisobvaraqlar balansi monitoringi, bitta kartadan ikkinchi kartaga pul oʻtkazish, hisobvaraqlar boʻyicha barcha harakatlar statistikasidan foydalanish imkoni mavjud.

Hozirda ilovani Android tizimi foydalanuvchilari GooglePlay orqali yuklab olishlari mumkin, yaqin kunlarda iOS AppStore foydalanuvchilari uchun ham foydalanish imkoni paydo boʻladi.

OFB Mobile Business — korporativ mijozlar uchun mobil ilova

Bu bank ofisiga kelmasdan online rejimida kompaniyaning pul operatsiyalarini nazorat qilish va boshqarish boʻyicha qulay tizimdir. Ilova oson foydalanish imkonini beruvchi interfeysga ega boʻlib, u bank hisobining asosiy boʻlimlaridan iborat.

MasterCard shaxsiy kabineti

Bank saytidan roʻyxatdan oʻtib, Siz funksionaldan foydalanishingiz mumkin va u istalgan vaqtda har qaysi mamlakatda boʻlganda kartalarni boshqarish, oʻz kartalar boʻyicha mablagʻlar harakatini online rejimida kuzatib borish va bu ma’lumotlarni jadval koʻrinishda chop etish, kartani amaldagi vaqt rejimida blokka solish va blokdan chiqarish imkonini beradi.

@ofb_bot

Keng ommaga ekspress-axborotni taqdim qilish uchun Telegram messenjerida BOT ishlab chiqilgan, u foydalanuvchilarning topshiriqlariga avtomatik tarzda javob qaytaradi hamda bankning ish rejimi va xizmatlari toʻgʻrisida axborot beradi. Orient Finans bankining boti bilan muloqot qilish uchun Telegramga kirib qidirish satrida @ofb_bot terish yetarli.

Seyf yacheykalarni online rejimida band qilish

Orient Finans banki seyf yacheykalarni online rejimida band qilish tizimini joriy etdi. Har qaysi xohlovchi bank saytiga kirishi, seyfning kerakli oʻlchamlarini tanlab olishi, band qilish uchun 3 kun davomida amal qiladigan buyurtmani toʻldirishi va yuborishi mumkin. Shundan soʻng mijoz bankka kelganida oʻz boyliklarini oldindan rasmiylashtirilgan seyf yacheykasiga joylashtirib qoʻyishi mumkin. Hozirgi paytda bank tomonidan yacheykalar ijara haqini sayt va Orient Finans Mobile mobil ilovasi orqali toʻlash imkoni ishlab chiqilmoqda.

Bank koʻrgazmaning yosh mehmonlarini unutmasdan, ular uchun mantiq va asosiy iqtisodiy tushunchalarni bilish boʻyicha qiziqarli test savollarini ishlab chiqdi. Sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan stend mehmonlari esdalik sovgʻalar va yigʻilganlarning olqishlariga sazovor boʻldilar.

Koʻrgazma ishtirokchi va mehmonlarga yangi axborot olish, bank sohasining yutuqlari va rivojlanish istiqbollari bilan batafsil tanishib chiqish, shuningdek yangi aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yaxshi imkon berdi.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.