O‘zbekiston Markaziy banki internet nashrlarining tijoriy banklar tomonidan import shartnomalari, shu jumladan import mahsulotlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish to‘xtatgani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi.

“Markaziy bank ma’lum qiladiki, import bo‘yicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha shartnomalar to‘lovlari o‘z vaqtida va to‘la hajmda amalga oshirilmoqda va ularning to‘xtatib qo‘yilgani haqidagi gap-so‘zlar mutlaqo asossizdir”, — deyiladi MB xabarida.
“Mamlakat tijorat banklari o‘z mijozlarining xorijiy hamkorlari oldidagi majburiyatlarini bajarishiga bundan keyin ham uzluksiz ko‘mak berib boradi”, — deya qayd etiladi xabarda.