A-373 M-39 «Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 243,7-(166,7) kilometrida vodiy yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning o‘ng tomonida 80 metr balandlikda mavsumiy yog‘ingarchiliklar natijasida uzunligi 40 metrga teng ko‘chki yorig‘i paydo bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston FVV xabar qildi. Xavfli uchastkada harakatlanish vaqtincha cheklangan.

Avtomobil yo‘lining 243,5 — 243,8- hamda 229,7 — 230-kilometrlari oraliqlarida O‘sh yo‘nalishidagi yarmida avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanib, Toshkent yo‘nalishidagi yarmi orqali ikki tomonlama harakat amalga oshirilmoqda.