O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning may oyi o‘rtalarida Xitoyga uyushtirilishi rejalashtirilgan davlat tashrifi ikki davlat munosabatlarida yangi sahifani ochishi lozim. Bu haqda juma kuni Toshkentda 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining birinchi chorakdagi ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Javlon Vahobov ma’lum qildi.

Amalga oshirilajak tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘rnatilgan har tomonlama munosabatlarni yangi ufqqa olib chiqishga ham imkon tug‘diradi, deya qayd etdi vazirning birinchi o‘rinbosari.

«Savdo-sotiq, investitsiya, xavfsizlik sohasidagi qator masalalar bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati muhokamasi kun tartibidagi asosiy masala hisoblanadi. Madaniyat va gumanitar o‘zgarishlar sohasida hamkorlik istiqbollari ham ko‘rib chiqiladi», — dedi Javlon Vahobov.

Kutilayotgan tashrif yakunlariga ko‘ra, Xitoyda ko‘p miqdordagi hujjatlarning imzolanishi rejalashtirilmoqda. Ular orasida ikki mamlakat xo‘jalik sub’ektlari va korxonalari o‘rtasida tijoriy shartnomalar va kelishuvlar ham o‘rin olgan.

XXR raisi Si Szinpin vakili, XXR Davlat kengashi a’zolari hamda Xitoyning yetakchi korxonalari, yirik moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlari rahbarlari bilan muzokaralarda tashrif dasturi ko‘rib chiqildi.

Pekinda O‘zbekiston Prezidenti Xitoy hukumati tomonidan ilk bor tashkil etilayotgan oliy darajadagi «Bir kamar — bir yo‘q» forumida ishtirok etadi. «To‘rt yil muqaddam aynan shu yerda, O‘rta Osiyoda ilgari Xitoy rahbariyati tomonidan ilgari surilgan mazkur konsepsiyani O‘zbekiston to‘laqonli qo‘llab-quvvatlagan edi», — deya qayd etdi Javlon Vahobov. Konsepsiyaning ajralmas qismi bo‘lgan «Buyuk ipak yo‘li iqtisodiy kamari», Xitoy tomonidan ma’lum qilishicha, 65 ta mamlakatda istiqomat qilayotgan qariyb 4,5 mlrd insonni qamrab oladi. Bunda XXR bilan ikki tomonlama mahsulot aylanmasi hajmi 2,5 trln dollarga qadar ortadi.