Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat, tuman, shahar sudlari sudyalari tomonidan jinoyatchilikni oldini olish, yangi qonunlarni aholiga tushuntirish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan imkoniyatlarni jamoatchilikka yetkazish borasida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish yo‘lga qo‘yilgan.

2017 yil birinchi choragida 47 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali, shundan 8 marotaba televideniyeda, 14 marotaba radioda, 25 marotaba gazetalarda huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan. Aholi o‘rtasida, korxona, tashkilotlarda va o‘quv muassasalarida ma’ruzalar qilish, davra suhbatlari va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazish bilan 100 marotaba og‘zaki huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan.

Jinoyat ishlarini sudda ko‘rish jarayonida aniqlangan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishni tegishli davlat organlaridan, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, jamoat birlashmalaridan, jamoalardan va mansabdor shaxslardan talab qilish borasida viloyat, tuman, shahar sudlarida ko‘rib yakunlangan jinoyat ishlari bo‘yicha 254 ta xususiy ajrimlar chiqarilib, joylarga muhokama qilish uchun yuborilgan.

Viloyat sudlari tomonidan shu yilning birinchi choragida jami 8365 ta jinoyat va ma’muriy ishlar ko‘rilgan bo‘lsa, shundan 1562 ta jinoyat va ma’muriy ishlar sayyor sudlarda ko‘rib tamomlangan.

Aprel oyining hozirgi kuni qadarli sudyalar tomonidan shahar va qishloq joylaridagi mahalalarda, korxona va tashkilotlarda hamda o‘quv muassasalarida 153 marotaba suxbatlar o‘tkazilib, maruzalar qilindi va sud-huquq soxasidagi yangiliklar hamda fuqarolarning huquqiy bilimni oshirishga mo‘ljallangan bukletlar tayyorlab tarqatildi.

Sudlar tomonidan aholi o‘rtasida bunday targ‘ibot va tashviqot ishlarning o‘tkazilishidan asosiy maqsad huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning eng muhim sharti bo‘lgan fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga erishish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilinishi kafolatlarini ta’minlash, sansalorligini oldini olishga, shuningdek, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.