21 aprel kuni Nondagi (Shveysariya) Yevropa futbol assotsiatsiyalari kengashi bosh qarorgohida Chempionlar Ligasi yarim finaliga qur’a tashlandi, deb xabar qildi UEFA rasmiy sayti.

Madridning «Atletiko» va «Real» jamoalari CHLda sakkizinchi uchrashuvini o‘tkazsa, Italiyaning «Yuventus» jamoasi Fransiyaning «Monako"si bilan bellashadi.

Yarim final bahslari 2−3 va 9−10 may kunlari, final esa 3 iyun kuni Kardiffda (Uels) bo‘lib o‘tadi.

Xuddi shu kuni Yevropa Ligasi chorak finali qur’asi natijalari ham ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi Ispaniyaning «Selta"si bilan, Gollandiyaning «Ayaks» jamoasi esa Fransiyaning «Lion» klubi bilan o‘ynaydi. Birinchi chorak final uchrashuvi 4 may kuni, javob uchrashuvlari esa 11 mayda bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Ligasining final uchrashuvi 24 may kuni Stokgolmda o‘tkaziladi.