Toshkentda istiqomat qiluvchi 300 nafarga yaqin 1941−1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqariladigan yengil avtomobillarni bir martalik navbatsiz xarid qilish hamda ularga birinchi va ikkinchi texnik xizmatni bepul ko‘rsatish bo‘yicha sertifikatlar topshirildi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi. Imtiyozdan urush qatnashchilari va ularning yaqinlari foydalanishlari mumkin.

17−18 aprel kunlari imtiyozli sertifikat bo‘yicha sotib olingan ilk yengil avtomobillari o‘z egalariga yetkazildi. 94 yoshli Hikmat Ubaydullayev va 93 yoshli Abduvohid To‘laganov Damas, 98 yoshli Kamol Turopov hamda 92 yoshli Nazar Nazaryan Lacetti avtomobiliga ega bo‘ldi.

Qayd etish joizki, xuddi shunday sertifikatlar O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham urush qatnashchilari va nogironlariga topshirilmoqda.