O‘zbekiston Prezidentining 13 apreldagi qarori bilan Mahmudjon Boltaboyev Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori vazifasiga tayinlandi.

Fan va texnologiyalar agentligi Prezidentning 17 fevraldagi farmoni asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi o‘rniga tashkil etilgan edi. U ushbu farmon asosida tashkil etilgan Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasi ishchi organi hisoblanib, ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dastur va loyihalarining yagona buyurtmasichi sifatida faoliyat olib boradi.

Professor Mahmudjon Boltaboyev bunga qadar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori, Vazirlar Mahkamasining yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha Axborot-tahlil departamenti mudiri, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.