2010 yildan buyon «Trastbank» boshqaruvi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan Sherzod Xadjizayev O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar qildi.

Sherzod Xadjizadayev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1996 yil) va O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini (2001 yilda) tamomlagan.

1996−2006 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy bankida turli lavozimlarda ishlagan. 2006−2008 yillarda «Asaka» banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari bo‘lgan. 2008 yildan 2010 yilgacha Markaziy bankning Toshkent bo‘yicha bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan.