O‘zbekiston Mehnat vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi masallari agentligi Janubiy Koreyada ishlashga borishni xohlovchilar uchun onlayn ro‘yxatga olish va test sinovlari natijalari bekor qilingani haqida xabar berdi.

Ro‘yxatga olish va test sinovlari mart oyi oxiri — aprel boshida bo‘lib o‘tgan edi. Ariza beruvchilar texnik uzilishlarga to‘qnash kelganini ma’lum qilgan, biroq eng ko‘p noroziliklar bo‘lg‘usi mehnat migrantlari topshirishi kerak bo‘lgan test savollari yuzasidan bildirilgan edi («Gazeta.uz» bu haqda batafsil ma’lumot bergan).

Agentlik murojaatida keltirilishicha, ro‘yxatga olish jarayoni qaytadan yanada yuqori texnik imkoniyatlar va kiberhujumlardan muhofaza etilgan holda, yangicha mukammallashtirilgan tartibda o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish sanasi va tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.