Samarqandda tramvay birinchi ish kunlaridanoq keng ommalashmoqda. Sinov davrida tramvaydan foydalanish bepul.

Shanba kuni tramvay harakatining ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Birinchi yo‘nalish temir yo‘l vokzalini Sartepa mavzesi bilan bog‘ladi.

Yakshanba kuni esa bekatlar va vagonlarda yangi transport turida sayr qilishni xohlovchilarni ko‘plab uchratish mumkin bo‘ldi. Elektr ta’minotining vaqtinchalik (va uzoqroq muddatga) uzilishlari ham odamlarni to‘xtatib qololmadi.

Vagonlar (ular soni hozirda sakkizta) 6,4 kilometrlik masofani taxminan 20 daqiqada bosib o‘tmoqda.

Avtomobil haydovchilari hozircha tramvayga moslasha olgani yo‘q. Ular har doim ham tramvayga yo‘l bermayapti, yo‘lovchilarni yo‘lning qatnov qismida tushirish esa katta ehtiyotkorlikni talab qilmoqda.

Foto