14 aprel kuni Nukusda BMTTD va O‘zgidrometning «O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash» qo‘shma loyihasi doirasida avtomatlashtirilgan meteostansiya ochildi.

Loyihada Qoraqalpog‘istonning 5 ta tumanida 10 ta meteorolik stansiya va 2 ta gidrologik postni modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Yangi uskunalar ehtimoliy qurg‘oqchilik haqida oldindan ogohlantirib, fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv resurslari yetishmovchiligi hamda yer va yaylovlar degradatsiyasiga chidamliligini oshirishga imkon beradi.

Meteostansiyaning ochilish marosimida BMT ning davlat vakili Stefan Prisnerning qayd etishicha, O‘zbekiston, xususan uning zaif qismi — Qoraqalpog‘iston iqlim o‘zgarishiga o‘ta moyil. Vaqt o‘tishi bilan havo xarorati ortib boradi, buning oqibatida xavfli iqlim hodisalari yuqori tezlikda sodir bo‘lishini kutish mumkin.

«Bu uskuna onlayn rejimda meteorologik hodisalar haqida ma’lumot yig‘adi va tarqata oladi. U bilan mutaxassislar ehtimoliy iqlim hodisalari haqida oldindan xabar tarqata olishadi», — dedi Stefan Prisner. Uning ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n yillik murakkab vazifa bo‘lishiga qaramasdan, inson iqlimga ijobiy jihatdan ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini namoyon etdi.