O‘zbekiston Prezidentining 13 apreldagi qarori bilan Bahodir Yusupaliyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Vazirlar Mahkamasi departament mudiri bo‘lib ishlagan.

Bunga qadar vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Abduhakim Xojiboyev vazir o‘rinbosari — Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi bosh direktori etib tayinlandi.