O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 aprel kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi O‘zA.

Davlat rahbari ikki kunlik safar chog‘ida joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishib, xalq bilan muloqot qiladi.